Germaniyaning Deutsche Welle (DW) media kompaniyasi 12 oktyabr, şanbaga ötar keçasi özining arab tahririyati bölimi muxbiri Adonis Alhaled bilan yuz bergan «jirkanç zöravonlik harakatini» qoraladi. Bu haqda 13 oktyabr, yakşanba kuni çop etilgan DW press-relizida aytiladi.

Adonis Alhaledning sözlariga köra, u va hamkasbi Dyusseldorfdagi Mitsubishi Electric konsert maydonida suriyalik musiqaçi Al Şami bilan suhbatni yozib olişganidan söng xavfsizlik tizimidan tahdid va haqoratlarga uçragan. Xususan, qöriqçilar Alhaled va uning hamkasbini haqoratli va behayo sözlar bilan sökkan, şundan söng, jurnalistning sözlariga köra, ular uni intervyu maydonidan hovliga itarib yuborişgan. Soqçilardan biri DW muxbirini bir neça marta urgan.

Adonis Alhaled tez yordam bölinmasiga olib ketildi. 12 oktyabr, şanba kuni ertalab u kasalxonadan çiqib, jinoiy iş qözğatişga ariza bergan. Dyusseldorf politsiyasi öşa kuni keçqurun tergov boşladi. Hodisaning videoyozuvlari «saqlanadi va örganiladi», deb xabar berdi DW.

DW boş direktori Piter Limburg Adonis Alhaledga qilingan hujumni keskin qoralaşini aytdi. «Bu jinoyat nafaqat jirkanç zöravonlik harakati, balki matbuot erkinligiga hujumdir. Jinoyatçilar qonunning töliq kuçiga duç kelişlari kerak», dedi u va «barça DW xodimlarining birdamligi» haqida ma’lum qildi. U, şuningdek, artist Al Şamini «bu harakatdan uzoqlaşişga» çaqirdi.