Yozda peçkani nega yoqiş kerakligi, bitum doğlaridan qanday qilib tezda xalos böliş va maşinani nega bot-bot yuvib turiş kerakligini bilib olasiz.

Favqulodda jazirama — avtomobillar uçun qahraton qişning çillasidek keskin sinov hisoblanadi. Yuqori haroratdan asfaltlar eriydi, maşina kapoti şu qadar qiziydiki, hattoki uning ustiga tuxum çaqib, quymoq pişiriş mumkin. Maşinaning kutilmaganda buzilişi va yozning jaziramasida jon saqlaş uçun «Layfxaker» öz maslahatlarini beradi.

1. Sovutiş tizimini közdan keçiring

Foto: autoguru.com.au

Agar tizimni texnik xizmat körsatiş körigidan ötkazmagan bölsangiz, buni çözişga hojat qolmagan. Kengaytiruvçi baçokda, albatta, antifriz sathini tekşiring. Zaruriyat tuğilganda belgilangan sathlarga qarab suyuqlik quyib yuring. Faqat kuyib qolmaslik uçun bu işni dvigatel sovuganda amalga oşiring.

Barça patrubkalar va radiatorni tekşirib, suyuqliq oqmayotganiga işonç hosil qiling. Yodda tuting, sovutuvçi suyuqlikning ham çeklangan, amal qiliş muddati bor va markasiga qarab ikki yildan 5 yilgaça muddatni yoki 20 mingdan 40 ming kilometr yölni qamrab oladi. Vaqt ötişi bilan u ifloslanadi va öz xossasini yöqotadi. Agar antfrizni sönggi marta qaçon almaştirganingizni eslay olmasangiz, eskisidan tezroq qutilib, yangisini qöyib olganingiz ma'qul.

Qizitilgan dvigatelda radiatorning ventilyatori işlayotganiga ham işonç hosil qiling. Agar u işlamayotgan bölsa, avtoelektrikka murojaat qilib, nosozlikni bartaraf eting. Aks holda kiçik tezliklarda yoki tirbandliklarda qolib ketganda — sovutiş uçun havoning oqib kirişi yetarli bölmaganida antfrizning qaynaşi ehtimoli oşadi.

2. Maşinani tez-tez yuving

Skrinşot: viqeo.tv

Yozda loyqa va loy kamroq bölişiga qaramasdan, yilning boşqa fasliga nisbatan maşina köproq yuvib turilişi kerak. Kamida haftasiga bir marta, yaxşisi ikki marta. Gap şundaki, biror joyda maşina qoldirilgaç, çang ğuborlari va quşlarning tezagi tuşib, maşina böyoğining notekis kuyişiga sabab böladi va kuzovda doğlar paydo qiladi. Toza avtomobil (Töq tuslisi ham) quyoş nurlarini yaxşi qaytaradi va şu yöl bilan lok-böyoq qoplamasiga salbiy ta'sirni kamaytiradi.