AQŞ va Rossiya yetakçilarining Xelsinkidagi uçraşuviga 3 kun qolayotganda AQŞ prokuraturasi Rossiya razvedka xizmatlarining 12 xodimiga ayblovlar e'lon qildi. Bu haqda AQŞ boş prokurori örinbosari Rod Rozenstaynga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi. Gap AQŞ Demokratik partiyasi milliy qömitasi kompyuter tizimining buzib kirilişi bilan boğliq ayblovlar haqida ketmoqda.

Demokratik partiyada bu buzib kiriş prezident lavozimi uçun kuraşga ança ta'sir körsatganiga işonilmoqda.

Rozenstaynning aytişiça, ayblanuvçilar Rossiya Boş razvedka boşqarmasining 2 ta bölinmasi xodimlari hisoblanadi. Uning ta'kidlaşiça, ayblanuvçilardan ba'zilari axborotni öğirlaş, boşqalari esa uni tarqatiş bilan şuğullangan. 

Rozenstaynning ta'kidlaşiça, u şu hafta boşida rossiyalik razvedkaçilarga nisbatan ayblovlar qöyilişi haqida AQŞ prezidenti Donald Trampga xabar bergan.

Xillari Klinton 2016 yilgi prezident saylovlaridagi mağlubiyatida rossiyalik xakerlar va FQBni ayblagandi.