13 iyul kuni xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengaşining navbatdan taşqari ellik uçinçi sessiyasi bölib ötdi.

Unda Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov va Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev iştirok etdi.

Zarnews.uz naşri xabar berişiça, sessiyada boş vazir viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida mavjud qator muammolar, yöl qöyilgan kamçiliklarga töxtaldi. Xususan, viloyatda eksport masalasida ahvol yomon ekanligi, ayniqsa, quriliş işlarida özibölarçilikka yöl qöyilayotganligi, poraxörlik va byurokratizm avj olganligi keskin tanqid qilindi.

Ta'kidlanişiça, prezidentning joriy yilning 17-18 mart kunlari viloyatga taşrifi davomida belgilangan vazifalarni bajarişda sustkaşlikka yöl qöyilgan. Natijada, viloyat iqtisodiyotida, şu bilan birga aholining ijtimoiy hayotida yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlar özgarişsiz qolib ketaverdi.

Xususan, joriy yilning 6 oyi yakunlariga köra, 4ta yirik sanoat korxonasida işlab çiqariş hajmi pasayib ketganligi oqibatida 288 milliard sömlik mahsulot hajmi yöqotilgan. Tabiiyki, bu holat uşbu korxonalarda işçi örni qisqarişiga olib keladi. Şuningdek, viloyatda sanoat korxonalarini qöllab-quvvatlaş işlari e'tibordan çetda qolmoqda. Jumladan, viloyatning respublika sanoatidagi uluşi 2017 yilning birinçi yarim yilligida 6,8 foizni taşkil etgan bölsa, 2018 yilning şu davrida 5,3 foizni taşkil etib, 1,5 foizga kamayib ketgan.

Joriy yilning 1 iyul kuniga qadar işga tuşirilişi lozim bölgan 16ta yirik sanoat loyihalari amalga oşirilmagan. Viloyat tabiiy mineral xomaşyo resurslariga boy bölib, ulardan samarali faydalaniş töğri yölga qöyilmagan. Misol uçun, Paxtaçida kaolin, granit, gips, Narpayda sement, keramzit, qum-şağal, keramika, Nurobodda sement, marmar, ohak, gips va bör, Iştixonda marmar va keramika kabi zamonaviy quriliş materiallari işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmagan. Mazkur şahar va tumanlar hokimlari ötgan olti oy davomida bironta ham tadbirkor bilan uçraşmagan, aksinça tadbirkorlikni rivojlantirişga tösiq bölgan.

Eng açinarlisi, viloyatda faoliyat körsatmayotgan sanoat korxonalari ötgan yilga nisbatan 65taga köpayib, bugungi kunda 238taga yetgan. Viloyatda 6 oylikda eksport prognozi atigi 62 foizga ta'minlangan, xolos.

Kiçik biznesni rivojlantiriş, işbilarmonlik muhitini yanada yaxşilaş, qulay investitsiya muhitini yaratiş masalalariga umuman e'tibor qaratilmagan. Buning oqibatida bugungi kunda viloyatda röyxatdan ötgan 18 ming 856ta kiçik biznes sub'yektlarining 3 ming 458tasi yoki 18 foizi faoliyat körsatmayapti. Bundan taşqari, röyxatdan ötkazilgan 805ta tadbirkorlik sub'yektlari bankdan umuman hisob raqam oçmagan.