Davlat tashrifi ishchi tashrifga aylanganda: Yelizaveta II uchun Tramp o‘n ikkinchi AQSh prezidenti
AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bilan ilk marta uchrashdi. Ta'kidlab o‘tish joizki, Tramp AQShning zoti oliyalari bilan uchrashgan 12-prezidenti bo‘ldi.
Qirolicha Yelizaveta II juma kuni o‘zining shahardan chekkadagi Berkshir grafligidagi Vindzor qasrida Tramp va uning rafiqasi Melaniyani qabul qildi. Yelizaveta II hukmronlik qilgan davrda Tramp AQShning 13-prezidenti bo‘lib turibdi, lekin zoti oliyalari prezidentlardan biri — Lindon Jonson bilan uchrashmagan.
Bundan tashqari, AQShning joriy ma'muriyati rahbari Britaniya monarxi tomonidan Vindzor qasrida kutib olingan 4-prezident bo‘ldi. Ungacha 1982 yilda Ronald Reygan, 2008 yilda kichik Jorj Bush va 2016 yilda Barak Obama bunday «baxt»ga muyassar bo‘lishgan.
Hozircha bu davlat tashrifi emas
Ilgari Tramp Buyuk Britaniyada davlat tashrifi bilan kelishi va shunday maqomdagi tashriflar uchun mo‘ljallangan Britaniya monarxining Londondagi qarorgohi Bukinghem saroyida to‘xtashi kutilayotgan edi. 2017 yilda Trampning inauguratsiyasi chog‘ida Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Vashingtonga borib, xorijiy davlat yetakchilari ichra birinchi bo‘lib yangi prezident bilan yuzma-yuz gaplashgan va uni lavozimiga kirishgani bilan tabriklagan edi. O‘shanda u qirolicha Yelizaveta II nomidan mamlakatga davlat tashrifi bilan kelish uchun taklifnoma keltirgan edi. Bu esa an'analarga zid kelardi. Chunki davlat tashrifidan oldin AQSh prezidentining ishchi va rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Natijada Trampning siyosiy liniyasini ma'qullamaydigan 1,86 million britaniyalik tashrifning oliy maqomini bekor qilish haqida petitsiya ostiga imzo to‘plashdi. Garchi Britaniya parlamenti jamoaviy murojaat mualliflariga peshvoz chiqmagan esa-da, tashrif formati vaqt o‘tishi bilan chindan ham ishchi tashrifga almashtirildi, lekin buning sababini hech kim oydinlashtirmadi.
Mavzuga oid
21:51 / 13.09.2024
Britaniyada Yelizaveta II ning yangi haykali paydo bo‘ldi. U ko‘plab bahslarga sabab bo‘lmoqda
18:36 / 01.01.2023
Nima uchun Britaniya qirolichasi kutilmaganda oddiy fuqaroning to‘yiga tashrif buyurgan?
20:14 / 20.09.2022
Saloh qirolicha xotirasiga hurmat bajo keltirdi va Misrda baloga qoldi
08:23 / 20.09.2022