Juma kuni keçqurun AQŞ va Yevropaning ayrim davlatlarida Instagram ijtimoiy tarmoğining işlaşida ommaviy uzilişlar röy bermoqda. Buni maşhur internet resurslar işidagi uzilişlar va öçirişlarni kuzatib boruvçi Downdetector sayti ma'lum qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoq işidagi uziliş Toşkent vaqti bilan soat 23:00 da röy bergan. Sayt ma'lumotlariga köra, şikoyatlarning 54 foizi yangiliklar lentasini yangilaş imkoni yöqligi, yana 23 foizi ijtimoiy tarmoqning veb versiyasi bilan boğliq muammolar bilan boğliq bölsa, 22 foiz foydalanuvçilar öz akkaunti bilan ijtimoiy tarmoqqa kira olişmayotganini ma'lum qilişgan.