Joriy yilning 13 iyul kuni Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi BMTning Taraqqiyot dasturi, Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi elçixonasi va «Taraqqiyot strategiyasi» Markazi bilan hamkorlikda birinçi marta çop etilayotgan «Fuqarolar uçun byudjyet» naşriga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Fuqarolar uçun byudjyetga bağişlangan taqdimotga qöşimça ravişda Davlat byudjyeti 2018 yilning 1-yarim yilligi ijrosi töğrisida ma'lumotlar taqdimot etildi.

Ma'lum qilinişiça, joriy yilning ijtimoiy sohani moliyalaştiriş uçun jami byudjyet xarajatlarning 55,7 foizi sarflandi. Ijtimoiy xarajatlar tarkibida esa eng köp mablağ ta'lim sohasiga töğri keladi.

Mahalliy byudjyetlarning mustaqilligini oşiriş yuzasidan amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar natijasida 2-çorak yakunlari böyiça mahalliy byudjyet daromadlari parametrlari prognozining 842 mlrd. sömga orttirib bajarilişi ta'minlandi.
Moliya vazirligi 2019-2021 yillardagi rejali davri uçun «Fuqarolar uçun byudjyet»ni tayyorlaşga kirişganligi hamda uni jamoatçilik muhokamasi uçun taqdim qilinişi aytib ötildi.











