Amerikaning eng yirik pitstseriya tarmoqlaridan biri bölgan Papa John's reklamalarda mojaro sababli iste'foga çiqqan öz asosçisi Jon Şnatter tasviridan foydalanmaydigan böldi, deb xabar berdi CNN telekompaniyasi.
Avvalroq 56 yoşli Şnatter may oyida xodimlari bilan yopiq majlis ötkazgan çoğida AQŞda qora tanlilar uçun haqorat deb qabul qilinadigan sözni işlatgani OAVda tarqalganidan söng tanqidlar ostida qolgandi. Biznesmen uzr söragan va oxir-oqibat Papa John's direktorlar kengaşi raisi lavozimini tark etgandi.
Papa John's öz reklamalarida Şnatter qiyofasidan tez-tez foydalanib turadi. Xususan, pitssa qadoqlanadigan qutilardagi kompaniya logotiplaridan birida uning tasviri tuşirilgan.
Juma kuni Papa John's aksiyalari 3%ga tuşib ketdi. Mojaro sababli kompaniyaning bir neçta hamkorlari u bilan hamkorlikni töxtatişini bildirdi. Ular orasida taniqli New York Yankees beysbol klubi ham bor. Luisvill universiteti Papa John's şarafiga qöyilgan futbol stadioni nomini özgartirişini e'lon qildi.














