Papa Johnʼs pitstseriyalar tarmoği asosçisi Jon Şnatter öz kompaniyasi ustidan Delaver ştati sudiga arz qildi, deb xabar berdi CNBC. Şnatter kompaniyadan uning Papa John's direktorlar kengaşi raisi lavozimidan böşatişga aloqador hujjatlarni taqdim etişni talab qilmoqda.

U direktorlar kengaşini boşboşdoqlikda ayblamoqda. Papa Johnʼs asosçisining fikriça, kengaşning mustaqil a'zolari yoki yetarliça ma'lumotlarsiz harakat qilişgan yoki «töntarişni avvaldan rejalaştirişgan».

«Kompaniya biznes bilan boğliq muammolarni hal qiliş bilan şuğullaniş örniga aslida nima bölganini oçib beruvçi faktlarni yaşirmoqda. Ular öz muvaffaqiyatsizliklarini berkitiş maqsadida janob Şnatterdan foydalanişgan», dedi uning advokati Petti Gleyzer.

Eslatib ötamiz, 56 yoşli Şnatter may oyida xodimlari bilan yopiq majlis ötkazgan çoğida AQŞda qora tanlilar uçun haqorat deb qabul qilinadigan sözni işlatgani OAVda tarqalganidan söng tanqidlar ostida qolgandi. Biznesmen uzr söragan va oxir-oqibat Papa John's direktorlar kengaşi raisi lavozimini tark etgandi.