Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori Majit Karimovning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, murakkab va köplab e'tirozlarga sabab bölgan test savollari bu yil abituriyentlarga taqdim etilmaydi. 

«Avvalgi, bölib ötgan test natijalari tahlil qilinadi. Qanaqa savollar murakkab, qaysi savollar sodda, buning uçun bizda Tahlil guruhlari işlaydi. Mana şu, murakkab savollar çiqarib taşlanadi. Murakkab savollar fan olimpiadasi, katta-katta tanlovlar uçun işlatiladi. Bu yil tayyorlangan test savollarini tuzişda tegişli taşkilotlar, masalan, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirligi mutaxassislarining fikrlari inobatga olindi. Ularni oçiq muloqotga jalb etdik.

Tarix, fizika, ona tili va adabiyot, kimyo kabi fanlardan test savollarini tuziş böyiça seminarlar taşkil etildi. Davlat test markazi tomonidan ikkita sonda çop etilgan «Axborotnoma» maxsus naşrlarida test topşiriqlarining namunalari havola etildi. Bundan namunalar saytimizga ham joylaştirildi. 

Men aytmoqçimanki, markaz tomonidan taqdim etilayotgan test savollari yiqitiş uçun emas, kimyo fanidan köp e'tirozlar bölgandi, murakkab savollarini olib taşladik. Kalkulyator talab qiladigan masalalari e'tirozlarga sabab bölayotgandi. Ayni paytda test materiallari ança yengillaşgan, kamçiliklari esa çiqarib taşlandi», deydi Davlat test markazi direktori Majit Karimov.

Intervyuni töliq holda quyidagi havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.