Foto: Getty Images

Bugun, 14 iyul kuni Angliya va Belgiya terma jamoalari Sankt-Peterburgda jahon çempionatining bronza medallari uçun kuraş olib borişadi.

Bunday öyinning qançalik kerakligi böyiça ançadan buyon bahs-munozaralar tinmayapti.

BRONZADAN KÖRA TA'TIL YaXŞIROQ

Uçinçi örin uçun bahs matbuotda «tasalli beruvçi final» deb ham nomlanadi. Bu notöğri. Birinçidan, final öyinidan söng sovrin topşirilişi şart. Ikkinçidan, 20dan ortiq erkaklar bellaşuvini «tasalli beruvçi» deb nomlaş adolatdan emas. Erkaklarga tasalli emas, balki katta ğalabalar kerak.

Muxlislari bir oy davomida jahon kubogi haqida «U uyga qaytmoqda» deb kuylagan Angliya terma jamoasi maydonda qanday tuşsin? Jahon çempioni böliş imkoniyatini yöqotgan Belgiyaning «oltin avlodi» bronza uçun qanday kuraşsin? 

«Biz bronza uçun kuraşişimiz lozim, ammo iştiyoqimizning balandligi tufayli, bu işni qiliş oson bölmaydi» - degan edi Belgiya terma jamoasi boş murabbiyi Roberto Martines yarimfinaldagi mağlubiyatdan söng. 

Foto: REUTERS

Şunga öxşaş fikrni uning ingliz hamkasbi Garet Sautgeyt ham aytdi: «Bu biz orzu qilgan öyin emas».

Foto: Sport-Ekspress

Jahon çempionati – kubok musobaqasidir. Uni butun dunyoda Jahon Kubogi deb nomlaşadi. Kubok tizimida faqat bitta ğolib böladi. Yutqazgan jamoa musobaqani tark etadi. Heç qanday «tasalli beruvçi final»lar közda tutilmaydi. Hozir inglizlar ham, belgiyaliklar ham faqat ta'til haqida öylamoqda. Biroq, mana şu bema'ni öyin tufayli, ularning ta'tili uç kunga qisqargan.

FIFA DAROMAD OLADIGAN ÖYIN

Foto: AFP