Germaniyalik tennisçi Angelika Kerber Uimbldon musobaqasi finalida amerikalik Serena Uilyamsni 6:3, 6:3 hisobida mağlub etib, öz faoliyatida ilk bor eng nufuzli tennis musobaqasi ğolibasi böldi. Endi 30 yoşli tennisçining hisobida Katta dubulğa seriyasiga kiruvçi 3 ta musobaqada ğalaba bor.

Kerber 2016 yilda Avstraliya oçiq çempionati va AQŞ oçiq çempionatini yutgan. U öşa yili Uimbldon finalida ham iştirok etgan. Kerber 34 hafta davomida Ayol tennisçilar uyuşmasi reytingining eng yuqori poğonasini egallagan.

Uşbu final ikki tennisçi örtasidagi töqqizinçi özaro uçraşuv böldi. Şundan Kerber hisobida 3 ta ğalaba, Uilyamsda esa 6 ta ğalaba bor.

Uilyams uşbu mağlubiyat sababli avstraliyalik tennisçi Margaret Kort bilan Katta dubulğa seriyasiga kiruvçi musobaqalardagi ğalabalar soni böyiça tenglaşa olmadi. Kortning hisobida 24 ta unvon, 36 yoşli Uilyamsda esa 23 ta unvon bor.