2018 yil 13 iyul kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Olmazor tuman sudi “Olmazor öquv” sport texnika klubi unitar korxonasi binosida, sayyor oçiq sud majlisi bölib ötdi. Sudya M.Abidovning raisligida ötgan sud majlisida Mirzayev Zafar Zaxiroviçga nisbatan jinoyat işini körib çiqildi.

Ma'lum bölişiça, Z.Mirzayev 2016 yil 31 may kunidan boşlab Özbekiston Mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkilotining Toşkent şahar taşkiloti “Olmazor öquv” sport texnika klubi unitar korxonasi boşliği lavozimida işlab kelgan. U B.Xolbozorovning öquv maşğulotlariga kelmasligi holatiga çora körmaslik va topşirilişi lozim bölgan 083-sonli tibbiy ma'lumotnomani olişda amaliy yordam berişni va'da qilib, 2018 yil 12 mart kuni öz xizmat xonasida B.Xolbozorov va A.Murtazayevlardan 300.000 söm va 100 AQŞ dollari pul mablağlarini pora tariqasida olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan uşlangan.

Sud Z.Mirzayevga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (pora oliş), şuningdek,  JKning 45-moddasini (muayyan huquqdan mahrum qiliş) qöllab, 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan boğliq vazifalarda işlaş huquqidan mahrum qilib, eng kam oylik iş haqining 75 baravari miqdorida 12.918.000 söm jarima jazosi tayinladi va davlat foydasiga undirilişi belgilandi.