2018 yilgi jahon çempionati final uçraşuvi Fransiya va Xorvatiya örtasida bölib ötdi. Moskvadagi «Lujniki» stadionida keçgan uçraşuv fransuzlarning 4:2 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Frantsuzlar 18-daqiqada xorvatlar hujumçisi Mario Manjukiç öz jamoasi darvozasini işğol etib qöyişi evaziga oldinga çiqib oldi. 10 daqiqa ötib Ivan Perişiçning goli muvozanatni tikladi. Tanaffus arafasida Antuan Grizmann penaltini aniq amalga oşirib, jamoasini oldinga olib çiqdi.
Ikkinçi bölim boşida fransuzlar töla ustunlikka ega bölişdi va Pol Pogba hamda Kilian Mbappe hisobni yirik körinişga keltirişdi. Qolgan vaqt davomida xorvatlar bitta javob goli urişdi, Mario Manjukiç 69-daqiqada Lorisning xatosidan foydalandi - 4:2.
Şu tariqa, Dide Deşam boşçiligidagi Fransiya ikki karra jahon çempioniga aylandi. 1998 yili Fransiya öz maydonida keçgan mundialda ham tengsiz bölgandi.
JÇ-2018
Final
Fransiya – Xorvatiya 4:2
Gollar: 1:0 – 18, avtogol Manjukiç, 1:1 – 28 Perişiç, 2:1 – 38, penalti Grizmann, 3:1 – 59 Pogba, 4:1 – 65 Mbappe, 4:2 – 69 Manjukiç.
Fransiya – Loris, Varan, Lyuka Ernandes, Pavar, Umtiti, Kante (Nzonzi, 55), Pogba, Matyuidi (Tolisso, 73), Grizmann, Jiru (Fekir, 81), Mbappe.
Xorvatiya – Subaşiç, Lovren, Striniç (Pyatsa, 81), Vrsalko, Vida, Rakitiç, Brozoviç, Perişiç, Modriç, Rebiç (Kramariç, 71), Manjukiç.
Ogohlantirişlar: Kante (27), Lyuka Ernandes (41), Vrsalko (90).













