Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari apelsinlar eti va pösti tarkibiga kiruvçi moddalar köz pardasining soğlom holatini saqlaş uçun juda foydali ekani haqidagi ma'lumotlarni taqdim qilişdi. Köz pardasida inson qarigan sari salbiy özgarişlar yuz beradi.
Olimlarning aytişiça, sitrus mevalar muntazam iste'mol qilinib turilişi kerak. “Apelsin va sitruslar bir haftada bir marta iste'mol qilinganda ham köz salomatligi ança yaxşilanadi. Kuniga bir dona apelsin yeyiş köz pardasining qisman yoki töliq yomonlaşişi imkoniyatini birdaniga 60 foizga kamaytiradi”, deb aytilgan ilmiy maqolada.
Tadqiqot mualliflari 15 yil davomida ratsionlarida turli oziqa manbalaridan köp miqdorda antioksidant moddalar – flavonoidlar bölgan avstraliyaliklarning ovqatlanişi va köriş qobiliyatini örganişgan.
Tadqiqot vaqtida sitrus mevalar köriş qobiliyatiga haqiqatan ham foydali ekani tasdiqlangan. Flavonoidlar boşqa mahsulotlarda mavjud bölsa-da, biroq apelsin va boşqa sitrus mevalardan olinganlari bu borada samaraliroq bölgan. Misol uçun, çoy, vino va olmalardan olinadigan flavonoidlar köz pardasi yomonlaşişi xavfini 25-30 foizgagina kamaytirgan.
Mutaxassislarning aytişiça, köz pardasi yomonlaşişi keng tarqalgan kasallik bölib, har yettinçi katta yoşli insonda uçraydi. Olimlarning fikriça, bu kasallikdan himoyalaniş uçun yoşlikda muntazam ravişda apelsin va sitrus mevalar iste'mol qilib yuriş kerak.












