«Toşkent dengizi» dam oliş maskanida pnevmatik töpponçadan ikki kişiga öq otib jarohatlagan şaxs qidirilmoqda. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar qildi.
Xabarda aytilişiça, Toşkent viloyatining Örtaçirçiq tumanida 12 iyul kuni «Toşkent dengizi» dam oliş maskanidagi «Hayrixon omad-savdo» MÇJ işçisi Akobir Rözimboyev dam oliş maskani hududida joylaşgan avtoturargohda yollanib işlayotgan M.Z. va F.I.larga öq otib jarohat yetkazgan va voqea joyidan qoçib ketgan.
«Jarohat olgan işçilarga tibbiy yordam körsatilgan. Akobir Rözimboyevni uşlaş çoralari körilgan», - deyiladi xabarda.
Fuqarolardan Akobir Rözimboyevning qayerdaligi yoki u haqida biron ma'lumotga ega bölgan taqdirda içki işlar organlarining hududiy bölimlariga yoki «102» telefon raqamlariga qönğiroq qilişlari söralmoqda.












