Toşkentda yöl örtasida «VAZ-2199» rusumli transport vositasiga qarata pnevmatik quroldan öq uzgan şaxs va avtomobil haydovçisi ham 15 sutkaga qamaldi.
Jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudida körib çiqilgan işda poytaxt IIBB ekspert kriminalistika xulosasiga asosan, S.Z. qöllagan qurol sport-pnevmatik qurol ekanligi aniqlangan.
Ma’lum qilinişiça, qurolga doir qonunga asosan mazkur qurolni faqat sport maydonçalarida qöllaşga ruxsat berilgan. Tomonlarning vajlarini eşitgan sudya, ikkala tomonga ham Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasiga (Mayda bezorilik) asosan 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

Joriy yilning 20 yanvar kuni S.Z. ismli şaxs yölning qatnov qismida tanişi bilan raşk tufayli özaro gap talaşgani, söng uning maşinasiga tepib, yonidagi pnevmatik quroldan avtomobilga bir marta öq uzgani xabar berilgan edi.
Toşkent şahar IIBB hodisa natijasida heç kim jarohatlanmaganini, holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilayotganini bildirgandi.












