Surxondaryo viloyati Boysun tumanida M39 xalqaro avtomobil yölida harakatlanib ketayotgan yuk maşinasiga pnevmatik töpponçadan öq uzgan şaxsga jinoiy iş qözğatilgan. Bu haqda IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 27 avgust kuni soat 16:34larda Boysun tumanining Darband mahallasida yaşovçi, D.Madamin M39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Boysun tumani Şifobuloq mahallasi hududidan ötgan qismida pnevmatik töpponçadan öq uzib jinoyat sodir etgan.
U «Malibu» maşinasini boşqarib ketayotib şu yölda harakatlanib ketayotgan, Şerobod tumani Ğörin-Gilambob mahallasida yaşovçi, M.Alişer boşqaruvidagi «Kamaz» rusumli maşinaga yonida bölgan pnevmatik töpponça bilan 2 marotaba öq uzgan.
Hodisa haqida IIB xodimlariga xabar berilgaç, D.Madamindan pnevmatik töpponça, uning 1 dona öqdoni (magazini) va öqlar tekşirib köriş uçun hujjatlaştirib olingan.
Qayd etilişiça, joriy yil 28 avgust kuni D.Madaminga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoiy iş qözğatilgan. Hozirda tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda.











