O‘zbekiston Xitoyga 20 ming tonna sifatli gilos yetkazib berishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston Xitoy hamkorligida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksporti bo‘yicha koordinator vakili Dilshod Mullaboyev Xitoy Bojxona bosh boshqarmasi va karantin organlari xodimlari bilan eksport yakuni va istiqbolli rejalar haqida muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Bojxona bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.
Eslatib o‘tamiz, 4 iyun kuni esa O‘zbekistondagi “Big Agrologistics” kompaniyasi tomonidan gilos eksportini birinchi qismi Xitoy Xalq Respublikasiga Dilshod Mullaboyev boshchiligi hamda nazorati ostida yetkazib berilgan va Xitoy Xalq Respublikasi nazoratchilari tomonidan eksport qilingan gilosning 40 turdagi laboratoriya tekshiruvlarini o‘tkazish uchun namuna olingan edi.
Uchrashuv jarayonida ushbu laboratoriya javoblari ma'lum qilindi. Eksport jarayonida gilosni qayta ishlash, eksportga tayyorlash jarayonidagi har bir bosqich bayonnomadagi kelishuvlarga asosan to‘liq bajarilganligi yaxshi natijalar bilan baholandi va sertifikat bilan taqdirlandi.
Muzokaralar davomida boshqa turdagi ho‘l mevalarni hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini O‘zbekistondan Xitoyga eksport qilish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, gilos eksportiga ozroq o‘zgartirishlar kiritilishi taklif etildi. Jumladan, eksport qilishdan avval metilbromid gazi bilan fumigatsiyalash jarayonini o‘zgartirish kiritish masalasi ko‘tarildi.
Bundan ko‘zlangan maqsad, O‘zbekistonning organik-biologik toza mahsulotlari hech qanday kimyoviy moddalarsiz iste'molchiga yaxshi yetib borishi ta'minlanadi. Buning uchun mutaxassislar qayta ishlash jarayonini o‘rganishi va tajribalar orttirishi ko‘zda tutilgan.
“Yildan yilga AQSh gilosi qimmatga tushib bormoqda hamda sovuqxonalarda ko‘p turib qolayotganligi yo‘qotishlarga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekiston gilos yetishtirish bo‘yicha 4-o‘rinda turarkan va ularning biologik gilosini keyingi yil import qilish uchun O‘zbekistonga murojaat qilishimiz mumkinligini va import qilishga tayyorligimizni aytib o‘taman”, - dedi gilosning yirik importchisi bo‘lgan janob Jaoning Xitoy Xalq Respublikasi matbuotiga.
Dilshod Mullabayev esa XXR Bojxona bosh boshqarmasi matbuotiga bergan intervyusida hamkorlikning ilk qadamlari natijasida mana shunday natijalarga erishilgani va Xitoy Xalq Respublikasida eksport jarayonidagi hamma bosqich muvaffaqiyatli o‘tganligidan mamnunligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
15:20 / 14.11.2024
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar Britaniya bozoriga eksport qilinadi
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024