Özbekistonning 2018 yil yanvar - iyun oylari uçun taşqi savdo aylanmasi 17,7 milliard AQŞ dollariga teng böldi. Şu jumladan – eksport 7,8 milliard dollar, import – 9,9 milliard dollarni taşkil qildi. Taşqi savdo saldosi minus 2,1 milliard dollarga teng, deb xabar bermoqda Özbekiston Respubligasi Davlat statistika qömitasi.

Ötgan yilning şu davriga nisbatan energotaşuvçi va neft mahsulotlari eksporti 78,5%ga oşgan. Şundan, tabiiy gaz eksporti 1,9 barobar, ximiya sanoati mahsulotlari 5,3%ga, plastmassa va undan işlangan mahsulotlar eksporti 18,7%ga köpaygan.

Oziq-ovqat mahsulotlarining eksporti meva-sabzavotlar yetkazib berişning 73,4%ga köpayişi hisobiga 58,9 %ga oşgan.

Importning asosiy tarkibini maşina va uskunalar 33,8%, ximiya sanoati mahsulotlari 11,5 % taşkil qiladi.