Amerikalik boksçi Floyd Meyuezer Forbes naşri talqini böyiça eng katta haq oluvçi maşhurlar reytingida 1-örinni egalladi. Röyxat naşrning rasmiy saytida e'lon qilingan.

41 yoşli Meyuezer 2017 yil içida 285 mln dollar işlab topdi. U bu qiymatdan 10 mln dollarini reklama şartnomalaridan, 275 mln dollarini esa irlandiyalik jangçi Konor Makgregor bilan jangdan olgan. Makgregorning özi esa reytingda 12-örinni egallagan. U ötgan yil davomida 99 mln dollar (85 mln dollar Meyuezer bilan jangdan, 14 mln dollar reklamadan) işlab topgan.

Reytingning yuqori öntaligiga sportçilardan yana argentinalik futbolçi Lionel Messi kirdi. Uning daromadi 111 mln dollarni taşkil qilgan (84 mln dollar şartnoma va bonuslardan, 27 mln dollar reklamadan). Öntalikni portugaliyalik futbolçi Kriştianu Ronaldu 108 mln dollarlik daromad (61 mln dollar şartnoma va bonuslardan, 47 mln dollar reklamadan) bilan yakunlagan. Futbolçilardan röyxatga Neymar ham kirgan (13-örin), u bir yil davomida 90 mln dollar (73 mln dollar şartnoma va bonuslardan, 17 mln dollar reklamadan) işlab topgan.

Yuztalikka hammasi bölib 24 sportçi kirgan, ular orasida Milliy basketbol uyuşmasi vakillari köpçilikni (6 öyinçi) taşkil qilgan. Eng katta haq oluvçi basketbolçi Lebron Jyeyms bölgan (85,8 mln dollar). Şuningdek, reytingga Milliy futbol ligasining (amerikança futbol) 4 vakili kiritilgan.

Reytingga 3 nafardan tennisçi va golfçi ham kiritilgan. Eng katta haq oluvçi tennisçi Rojyer Federer bölgan (77,2 mln dollar, 24-örin). Undan taşqari, reytingga ispaniyalik tennisçi Rafael Nadal (41,4 mln dollar, 82-örin) va serb Novak Jokoviç (37,6 mln dollar, 95-örin) ham kirgan.

Şuningdek, reytingga “Formula-1” poygalarida iştirok etuvçi ikki poygaçi –britaniyalik Lyuis Xemilton (51 mln dollar, 53-örin) va nemis Sebastyan Fettel (42,3 mln dollar, 78-örin) kirgan.

Reytingdan birorta xokkeyçi va ayol sportçi joy olmagan.

Reytingning 2-örinini amerikalik aktyor Jorj Kluni egallagan. U ötgan yil davomida 239 mln dollar daromad olgan. Şuningdek, yetakçi öntalikdan model Kayli Jinner (3-örin, 166,5 mln dollar), amerikalik advokat, sudya, teleboşlovçi va yozuvçi Judit Şeyndlin (4-örin, 147 mln dollar), aktyor Dueyn Jonson (5-örin, 124 mln dollar), U2 rok guruhi iştirokçilari (6-örin, 118 mln dollar), Coldplay guruhi a'zolari (7-örin, 115,5 mln dollar), britaniyalik pop-musiqaçi va aktyor Ed Şiran (9-örin, 110 mln dollar) ham örin olgan.