Gavayi orollaridagi Kilauea vulqonidan lava otilişi oqibatida 23 kişi jarohat oldi. Bu haqda Hawaii News Now axborot portali ma'lum qildi.

Lava otilişi 16 iyul ertalab yuz bergan. Lavadan iborat vulqon bombasi bortida 49 yölovçi va 3 ekipaj a'zosi bölgan kema tomiga tuşib, unda darça hosil qilgan. Jarohatlanganlardan biri son suyagi sinişi bilan şifoxonaga yetkazilgan, qolgan yölovçilar kuyiş va tirnaliş jarohatlari olişgan.

Kilauea sayyoramizdagi eng faol vulqonlardan biri deb ataladi. Uning oxirgi otilişi 1983 yil 2 yanvarda yuz bergan va hozirgaça davom etib kelmoqda. May boşida vulqon faollaşişi oqibatida hukumat aholi evakuatsiyasini e'lon qilgandi.

Avvalroq AQŞ geologik xizmati Gavayi arxipelagi ölçami vulqon otilişi natijasida 2 kvadrat kilometrdan köproqqa oşganini ma'lum qilgan.