Germaniya temir yöllari federal boşqarmasi mamlakatda Alstom fransuz kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan Coradia iLint vodorod poyezdlaridan foydalanişga ruxsat berdi. Yangi poyezdlar yordamida yölovçilarni taşiş yoz oxirida boşlanadi.
Coradia iLint vodorod poyezdi Alstom tomonidan 2016 yil sentabrda taqdim qilingan. U vodorod yonilği elementlarida işlaydi. Poyezdda yonilği yaçeykalari lokomotiv tomida örnatilgan. Ular tomonidan işlab çiqariladigan elektr energiya litiy-ionli akkumulyator batareyalarini quvvatlaş uçun qöllanadi. Batareyalardan esa öz navbatida poyezdning barça bort tizimlari va elektr motorlari quvvat oladi.
Coradia iLint dunyodagi ilk vodorod poyezd bölib, töliq quvvatlanganda 800 kmgaça yöl bosa oladi. Ikki yil avval körsatilgan prototip 300 yölovçini taşişga möljallangandi.
Hozirça yangi poyezdlar Germaniya şimolidagi temir yölning elektrlaştirilmagan qismida qöllanadi. Buning uçun Alstom 14 ta vodorod poyezd yetkazib beradi. Poyezdlarni yetkazişga şartnomada ularga 30 yil davomida texnik xizmat körsatiş közda tutilgan.
2017 yil kuzida Xitoyning CRRC Tangshan korporatsiyasi Tanşan şahrida vodorod yonilği elementlarida işlovçi dunyodagi ilk tramvayni işga tuşirgandi. Yangi tramvay 136 yil avval barpo etilgan va şaharning bir neçta sanoat tumanlarini boğlovçi tramvay yönalişida qatnay boşlagan.












