Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞ prezidenti Donald Trampga JÇ-2018’ning rasmiy töpini sovğa qildi. 

“Janob prezident hozirgina biz futbol böyiça jahon çempionatini muvaffaqiyatli ötkazganimizni aytdi. Şunga janob prezidentga şu töpni sovğa qilmoqçiman, endi töp u tomonda”, deb aytgan Putin Trampga töpni sovğa qilayotib.

Putin şu tariqa AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeoning gapiga kinoya qilgan. Pompeo avvalroq bergan bayonotlaridan birida Suriyani tartibga soliş masalasida “töp Rossiya tomonida ekanini” aytgandi.

Respublikaçilar partiyasining AQŞ senatidagi a'zolari Trampni Putinga “böysunişda” ayblaşgan.  

Respublikaçi-senatorlardan biri Lindsi Grem Putin sovğa qilgan töpda “eşitiş moslamalari bor-yöqligini tekşirib körişni” taklif qilgan. Senator “bunday töpni heç qaçon Oq uyga tuşişiga yöl qöymagan bölardim” deb aytgan. “Men uning örnida (Tramp)  bölganimda futbol töpini eşituvçi moslamalar bor-yöqligiga tekşirib körgan bölardim”, deb yozgan Grem tvitterda.