PwC tahliliga köra, sun'iy intellekt iqtisodiy ösişni ta'minlab beradi va işsizlik muammosini bartaraf etişi mumkin. Lekin u sanoat sohasida işçilar sonini özgartirib yuborişi ham mumkin. U texnologiyaning oldingi namunalaridan farq qiladi, çunki robot va algoritmlar intellektual, şuningdek, kundalik yumuşlarni bajarişi mumkinligi haqida bahslaşayotganlar ham oz emas.

PwC boş iqtisodçisi Jon Xoksvort şunday deydi: «Buğ maşinasidan tortib kompyutergaça bölgan asosiy yangi texnologiyalar nafaqat mavjud işçi kuçi örnini töldiradi, balki mahsuldorlikni ham oşiradi. Bu narxlarni tuşirib, real daromad va xarajat darajasini oşiradi va keyin qöşimça işçilarga bölgan talab ösadi. Tahlillar şuni körsatmoqdaki, sektor böylab iş hajmi bosqiçma-bosqiç oşib boraveradi».

PwC ma'lumotida 2017-2037 yillarda taxminan 7 mln. iş örni sun'iy intellekt tomonidan egallanadi. Hayratlanarli jihati şundaki, bu holat 7.2 mln. işçiga ehtiyoj tuğdiradi. Soğliqni saqlaş tizimida 22 foiz, ilmiy va texnik xizmatlar 16 foiz va ta'lim jabhalari 6 foiz miqdorida kadrlarni talab qiladi. Aksinça, manufakturada 25 foiz, transportda 16 foiz va davlat boşqaruvida 18 foizdan pasayiş kuzatiladi.