Foto: Biokon 

Barcha erkaklar ham o‘z terisi holatiga katta e'tibor beravermaydilar. Biroq, agar ularda husnbuzarlarning soni va hajmi sezilarli darajaga yetsa, bu holat kuchli jins vakillarini ham xavotirga soladi, va ular bu teri kasalligidan xalos bo‘lish yo‘llarini izlay boshlaydilar.

Erkaklarda nima uchun husnbuzar paydo bo‘ladi

Terimiz litmus testi qog‘oziga o‘xshab sog‘ligimizning holatiga ishora qilib turadi. Tanada biron bir muammo yuzaga kelsa, ana shu muammo darhol teri ustida o‘z aksini topadi va ba'zida esa akne ko‘rinishiga keladi. Erkaklarda nima uchun husnbuzar paydo bo‘ladi? Aslida, muammo bitta va u ham bo‘lsa, teri metabolizmining buzilishidir.

Foto: Biokon 

Erkaklarda garmonal husnbuzar muammosi

Kuchli jins vakillarining erkaklik xususiyatlari maxsus gormon – testosteronni ishlab chiqarilishida ham shakllanishi barchaga ma'lum. Odatda, bu gormonning yetarlicha ko‘pligi ijobiy hodisa sifatida baholansada, uning haddan ziyod ko‘payib ketishi oqibatida husnbuzarlarning paydo bo‘lishi uning salbiy jihati sifatida namoyon bo‘ladi.

Garmonal husnbuzarlar paydo bo‘lishiga aslo e'tiborsiz bo‘lmaslik kerak. Ayniqsa, bu muammo muntazamlikni o‘zida aks ettirib, tez-tez namoyon bo‘layotgan bo‘lsa, zudlik bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish kerak.

Erkaklardagi husnbuzarlarni davolash

Erkaklarda husnbuzar muammosini qanday qilib davolash mumkin? Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  • Agar bu muammo gen omili orqali bo‘lsa, terini kosmetik vositalar bilan doimiy parvarishlash zarur;
  • Oshqozon osti bezi, gastrit, dizbakterioz, xolelitiyoz va oshqozon-ichak trakti kasalliklarini aniqlash uchun umumiy tekshiruvdan o‘tish zarur;
  • Kolbasa mahsulotlari, yog‘li taomlar, gazli ichimliklar, kofe, kimyoviy qo‘shimchalarni o‘z ichiga olgan mahsulotlar iste'molini hech bo‘lmaganda, davolanish davrida kamaytirish yoki umuman iste'moldan chiqarib tashlash kerak.