Xalq deputatlari Uçtepa tuman kengaşi deputati Nuriddin Zaynitdinov Böz tumanida içki işlar xodimining keçasi köçada yurgan ösmirga qöl kötargani bilan boğliq vaziyatga munosabat bildirdi. U Facebook`dagi şaxsiy sahifasida, jumladan, şunday deb yozgan:

«Andijon viloyatining Oltinköl va Böz tumanlarida içki işlar organlari xodimlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ana şunday himoya qilyaptimi?

«Içki işlar organlari töğrisida»gi qonun qiynoqlarga soliş, zöravonlik qiliş, boşqa şafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsitadigan tarzda muomalada bölişni taqiqlaydi.

Agar qonunda boşqaça qoida nazarda tutilmagan bölsa, içki işlar organlari fuqaroning şa'ni, qadr-qimmatiga yoki işçanlik obrösiga putur yetkazadigan, uning şaxsiy hayotiga taalluqli bölgan ma'lumotlarni oşkor qilişga haqli emas.

Keça Oltinköl tuman IIB xodimining fuqaroga qöl kötargani aks etgan video çiqqandi. Bugun esa Böz tumanida keçasi köçada yurgan ösmirga nisbatan kuç işlatildi.

Tegişli vazirlikdan kimdir özi nimalar bölayotganini tuşuntirib berar balki?»

Tuman kengaşi deputati öz postida «Içki işlar organlari töğrisida»gi qonun talablarini ham eslatib ötgan.

Mavzuga oid: Andijon viloyatida IIB xodimi tunda köçada yurgan ösmirni haqorat qilib, unga qöl kötardi (video)