Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Tesla kompaniyasidagi ijroçi direktor lavozimini yöqotişi mumkin. Bunga esa u va Tailandda ğorda qolib ketgan bolalarni qutqarişda iştirok etgan britaniyalik ğavvos Vern Ansuort örtasidagi mojaro sabab hisoblanadi.
Ansuort Mask bolalarni qutqariş uçun işlab çiqqan moslamani tanqid qilgandan keyin qutqaruvçini haqorat qilgan. Reuters axborot agentligi manbalariga köra, kompaniya sarmoyaçilari Maskning biznesdan çalğiyotganidan norozi bölişmoqda. Sarmoyaçilarning fikriça, Maskning ommaviy bayonotlari unga öz işini bajarişda xalaqit qilmoqda va kompaniya obrösiga putur yetkazmoqda. Misol uçun, bozor uşbu mojaroga öz munosabatini bildirişga ulgurdi: 16 iyulda savdolar boşlanişi vaqtiga Tesla aksiyalari narxi 318 dollardan 307 dollargaça arzonlaşib ketdi. Buning oqibatida kompaniya 2 mlrd dollar yöqotgan.
Mask tomonidan haqoratlangan Ansuort uning ustidan sudga şikoyat qilişi mumkin. U 19 iyulda Angliyaga qaytgaç, bu borada bayonot berişi kutilmoqda. Tesla aksiyadorlari uşbu vaziyatga izoh berişdan boş tortişgan. Biroq kompaniyaning yirik aksiyadorlaridan biri Beyli Giffordning hamkori Jyeyms Anderson vaziyatga izoh berişga rozi bölgan. Uning aytişiça, uşbu voqea juda afsuslanarlidir va tinçlik bilan hal qilinişiga umid qiladi.
Mask tanqidni kötarolmay, dayver şa'niga tvitterda kurakda turmaydigan gaplar aytgan, biroq keyinroq postini öçirib taşlagan.












