Sport | 14:00 / 18.07.2018
13465
2 daqiqa o‘qiladi

Tashkiliy qo‘mita: «Qatarning konservativ qonunlari JCh-2022ning yorqin o‘tishiga to‘siq bo‘lmaydi»

Foto: Getty Images

Qatardagi qat'iy qonun-qoidalar va ahloq normalari 2022 yilgi Jahon chempionatining yorqin o‘tishiga halaqit bermaydi. Bu haqda JCh-2022 tashkiliy qo‘mitasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktori Fatma Al-Naymi TASSga ma'lum qildi.

«Mamlakatning konservativ turmush tarzi va ahloq normalari Jahon chempionatini o‘tkazish va turli mamlakatdan tashrif buyuradigan muxlislarning bemalol xursandchilik qilishlariga to‘siq bo‘lmaydi. Biz bir qator maxsus zonalar bo‘yicha loyiha ishlab chiqqanmiz. Bunday zonalar ishqibozlarlarning o‘yin vaqtida va o‘yindan keyingi his-hayajonga to‘la vaqtichog‘liklarini hisobga olgan holda tashkil etiladi.

Biz, shuningdek, muxlislar uchun shaharning diniy ahamiyatga ega joylari va tarixiy tumanlaridagi asosiy xulq-atvor qoidalari aks etgan maxsus eslatmalar tayyorlaymiz. Ko‘ngilochar tadbirlarga kelsak, tashkiliy qo‘mita a'zosi sifatida aytishim mumkinki, har bir mamlakatning o‘ziga xos mentalitetini hisobga olgan holda dasturlar ishlab chiqamiz», - dedi Al-Naymi.

Keyingi mundial 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi. Unga Qatarning 7ta shahri mezbonlik qiladi.

Mavzuga oid