O‘zbekiston va Qatar to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘yishni muhokama qilmoqda
Tashqi savdo vazirligida Qatar Savdo-sanoat palatasi yuridik boshqarma boshlig‘i Abdulaziz al-Quvariy boshchiligidagi Qatar davlati delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilgan.

Uchrashuvda eksportni rivojlantirish, xususan, avtomobillar va yuk mashinalari, elektr tovarlar, kimyoviy moddalar, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini Qatarga yetkazib berish imkoniyati bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirib o‘tilgan.
Shuningdek, uchrashuvda transport va kommunikatsiya tizimini rivojlantirish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. Xususan, yirik shaharlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘yish taklif etilgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni davom ettirishga kelishib olgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Texinspeksiya «Dubay shokoladi»da xavfli bakteriyalarni aniqladi
O‘zbekiston | 07:51
-
O‘zbekistonning ko‘p asrlik 9 tup daraxti maxsus xalqaro ro‘yxatga kiritildi
O‘zbekiston | 07:35
-
Saudiyada och va boshpanasiz qolgan ziyoratchilar O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston | 07:32
-
Shukrullo Isroilovga tegishli avtomobilni olib qochgan yigit qamaldi
O‘zbekiston | 07:21
Mavzuga oid

21:40 / 19.12.2018
Tashqi savdo vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. U JSTga a'zo bo‘lish masalalari bilan shug‘ullanadi

10:09 / 30.11.2018
Tashqi savdo vazirligi tuzilmasi o‘zgardi

01:01 / 26.10.2018
Tashqi savdo vazirligi eksportyor korxonalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazmoqda

01:53 / 18.10.2018