Uning nomzodini bugun, 16 iyul kuni parlament deputatlari körib çiqib, ma’qulladi.
Mazkur lavozimni sönggi uç yarim yil davomida egallab kelgan Sardor Umrzoqov Prezident administratsiyasiga rahbar etib tayinlandi.
Jamşid Xöjayev 2019 yil yanvaridan buyon qişloq xöjaligi vaziri sifatida işlab kelayotgandi.
Taşqi savdo vaziri lavozimi uning uçun begona emas – u 2017 yil noyabridan 2019 yil yanvarigaça Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga rahbarlik qilgan. Ayni paytda bu vazirlik Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi deb ataladi.
Jamşid Abduhakimoviç Xöjayev 1979 yilda Qöqon şahrida tuğilgan. 2000 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Birinçi prezident taşabbusi bilan iqtidorli talabalar uçun taşkil etilgan “Umid” jamğarmasi stipendiati. 2002 yilda Yevropa davlat boşqaruvi institutini tamomlab, 2003 yilda Birminhem universitetidan (Buyuk Britaniya) xalqaro iqtisodiy aloqalar va davlat boşqaruvi yönalişida magistr diplomini olgan.
Qator xalqaro öquv kurslarida qatnaşgan: Commerzbank (Germaniya), Xalqaro valuta jamğarmasi, Standard Bank (JAR), JPMorgan Chase (AQŞ), Rossiya banki, Natixis (Fransiya), KB Kookmin (Janubiy Koreya), DBS (Singapur), Credit Suisse (Şveytsariya) kabi moliya taşkilotlari şular jumlasidan.
2003–2017 yillarda Özbekiston Markaziy bankida faoliyat borgan. Valutani tartibga soliş va taşqi aloqalar departamenti yetakçi mutaxassisi lavozimidan boşlab, 2009 yilda Xalqaro rezervlarni boşqariş departamenti direktori bölgan va bu departamentni 2017 yilgaça boşqargan.
2017 yil iyunda Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki raisining birinçi örinbosari bölib, köp ötmay avgustda Hisob palatasining birinçi örinbosari – Davlat budjeti tuşumlarining töliqligini nazorat qiliş inspeksiyasi boşliği lavozimiga tayinlangan.
2017-2019 yillarda taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri bölgan, 2019 yil yanvaridan Qişloq xöjaligi vazirligi rahbari etib tayinlangan.











