Avtomaşinani sotişda uning e'londagi curati muhim rol öynaydi. Axir, xaridor maşina bilan tanişişdan avval uning rasmini köradi. Quyida avtomaşinani sotiş uçun qanday qilib suratga oliş kerakligi haqida kerakli tavsiyalar bermoqçimiz.

Agar e'londa yuqori sifatli va tiniq kadrlar köp bölsa, avtomobilni tez va yaxşi narxda sotiş imkoni ortadi. Biroq, e'londagi maşina fotosuratsiz yoki ikkita xira rasm bilan berilgan bölsa, bu xaridorni darrov aynitadi. Şuning uçun, avtomaşinangizning yaxşi tomonini körsatadigan 10-20ta sifatli fotosurat olişingiz kerak.

Şunday yaxşi:

Bunday olmang:

Avtomaşinani tayyorlang

Maşinangizni suratga olişdan avval uni yaxşilab yuving. Avtomobilning kirligi tasvirda yaqqol bilinadi. Yuviş uçun xarajat qilişga oğrinmang, zero, xaridor siz aytgan narxga könsa, sarflagan pulingiz ikki-uç barobar bölib qaytadi. Avtoulovni töliq yuvdirgan ma'qul: kuzov qismini polirovka qildiriş, salonni kimyoviy tozalaş kerak. Bularning hammasi suratda aniq közga taşlanadi. Tasvirga olişdan avval salon içidagi ortiqça narsalar –  navigator, munçoqlar, videoregistratorlarni, bagajdan esa kanistr, asboblar va boşqa keraksiz narsalarni olib taşlang. 

Yaxşi joy toping

Avtomobilni axlatxona, garaj, eski uylar fonida suratga tuşirmang. Oddiygina bir xil rangdagi devor (avtomobil rangidan farq qilsa yanada yaxşi) oldida tasvirga tuşirgan ma'qul. Muhimi, avtomoykadan uzoqlaşib ketmang. Çunki maşina yana kirlanib qolsa, yuvdiriş muammo bölişi mumkin. Unutmang, Siz toza deb öylayotgan kuzov kadrda kir, xira, oxorsiz bölib körinadi.

Şunday yaxşi:

Bunday olmang: