Özbekistonga kiriş elektron vizasini oliş uçun murojaat qilgan xorij fuqarolari soni 18 iyul holatiga köra 366 nafarni taşkil qilgan. KUN.UZ muxbiri Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov bergan ma'lumotlarga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Dunyoning 33 mamlakatida yaşovçi 366 kişi Özbekistonga kiriş elektron vizasini oliş uçun murojaat qilgan, ulardan 257 nafarini - erkaklar, qolgan 109 nafarini esa ayollar taşkil qiladi.
E-VISA uçun murojaatçilar orasida eng faollari AQŞ (57 nafar), Xitoy (56), Buyuk Britaniya (45), Polşa (32), Fransiya (26) va Hindiston (25) fuqarolaridir. Şu bilan birga, Ispaniya (15), Germaniya (13), Kanada (12), Italiya (11), Niderlandiya (10), Vengriya (8), Avstraliya (6), Portugaliya (6), Belgiya (5), Şveytsariya (5), Irlandiya (5) va boşqa mamlakatlar fuqarolaridan ham qator murojaatlar kelib tuşgan.
Murojaat qilgan xorij fuqarolarining 131 nafariga E-VISA berilgan, 235 nafar kişining murojaati tekşiruv jarayonida.
Ta'kidlaş joizki, Özbekistonda 15 iyul kunidan boşlab xorijlik fuqarolarga respublikada turistik maqsadlarda böliş uçun elektron kiriş vizalarini rasmiylaştiriş işlari boşlangan.
Elektron viza xorij fuqarosiga 30 kun muddatga Özbekiston hududida böliş huquqini beradi va bu viza taqdim etilgan kundan boşlab 90 kun muddat içida amal qiladi. Berilgan elektron viza xorij fuqarosining «e-visa.gov.uz» portaliga qilgan murojaatida körsatilgan elektron manzilga jönatiladi.
Elektron vizani rasmiylaştiriş uçun murojaat beriş Özbekiston Respublikasiga keliş sanasidan uç iş kunidan kam bölmagan muddatda amalga oşiriladi.
















