AQŞning Pensilvaniya ştati universiteti olimlari tarkibida temir moddasi köp miqdorda bölgan oziq-ovqat mahsulotlari diqqat va xotirani yaxşilaşga kömak berişini aniqlaşdi.  

Mutaxassislar bunday fikrga mineral qöşimçalari bor tariqni iste'mol qilgan hind ösmirlari iştirokidagi tadqiqot natijalari asosida kelişdi.

Temir yetişmasligi dunyoda eng keng tarqalgan mineral moddalar defitsiti, temir yetişmasligi xafaqonligi bolalar va kattalar örtasidagi mehnatga layoqatsizlikning asosiy sababi hisoblanadi. Şu bilan birga fanga temir bolalar va ösmirlarning aqliy qobiliyatlariga qanday ta'sir qilişi kam ma'lum.

Tajribada Maxaraştra ştatida yaşovçi va bir maktabga qatnovçi, kam ta'minlangan oilalardan 12-16 yoşdagi 140 bola iştirok etgan. Ular ikki guruhga bölingan: bir guruhdagi bolalar oddiy, boşqa guruhdagi bolalar esa tarkibida temir bor tariq iste'mol qilişgan. 6 oydan keyin 2-guruhdagi bolalar organizmidagi temir miqdori oşgan va bu bolalar diqqat va xotirani tekşirişga möljallangan maşqlarni yaxşiroq bajara boşlaşgan.