Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining 2018 yil 16 iyuldagi buyruğiga asosan Şavkat Töraquloviç Rahmatov Toşkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvçi lavozimiga tayinlandi.
Boş prokuratura matbuot xizmati ma'lumotiga köra, Şavkat Rahmatov 1970 yilda tuğilgan, ma'lumoti oliy, huquqşunos. 1995 yilda Toşkent davlat universitetini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi iş faoliyatini 1995 yilda Yangiyöl şahar prokuraturasida boşlab, Toşkent viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 1998 yildan boşlab, Boş prokuratura boşqarma prokurori, Boş prokurorning yordamçisi, Boş prokuratura boşqarma boşliği örinbosari, Bekobod tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2018 yilning may oyidan şu vaqtgaça Toşkent viloyati prokurorining örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.

Biroz avvalroq Toşkent viloyatining sobiq prokurori Bahodir Pölatov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tasdiqlangandi.










