AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putinga kuzda Vaşingtonga taşrif buyurişni taklif qildi, deb xabar qildi AQŞ prezidenti matbuot kotibi Sara Sanders.
«Prezident Xelsinkidagi uçraşuvda ikki mamlakat xavfsizlik kengaşlari xodimlari darajasida muloqotni davom ettirişga rozi böldi. Prezident Tramp milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi Jon Boltondan prezident Putinni kuzda Vaşingtonga taşif buyurişga taklif etişni söradi. Bu masala muhokama qilinmoqda», — deb yozdi Sanders Twitter’da.
Tramp ikkinçi uçraşuvda terrorizmga qarşi kuraş, Isroil xavfsizligi masalasi, yadro qurolini tarqatmaslik, kiberhujumlar, iqtisodiy hamkorlik, Ukraina, Yaqin Şarqda tinçlik örnatiş, Şimoliy Koreya va boşqa mavzularni muhokama qiliş niyatida.
Putin va Trampning töliq şakldagi ilk uçraşuvi 16 iyul kuni Xelsinkida bölib ötdi. Muzokaralar deyarli tört soat davom etdi. Amerika prezidentining qayd etişiça, uçraşuv yakunlariga köra yaxşi xulosaga kelindi.
Xelsinkidagi uçraşuvdan oldin Bolton Moskvaga rasmiy taşrif bilan kelgan va muzokaralardan söng Rossiya va AQŞ prezidentlarining uçraşuv joyi va vaqti belgilangandi.












