Anjumanda ma'lum qilinishicha, jamg‘arma hisobidan Andijon, Samarqand, Buxoro va Toshkentda universal sport majmualari barpo etiladi. Ushbu sport inshootlari 2018-2020 yillar davomida qurib, foydalanishga topshiriladi.

Shuningdek, O‘zbekistonda «Sport» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilishi ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari sportchi va murabbiylarimizni qo‘llab-quvvatlash, sport sohasida yutuqqa erishgan hamyurtlarimizni taqdirlash va rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi. Shu bilan birga, xorijda tadqiqot olib borayotgan mutaxassislarga pul ajratadi.

Anjumanda bolalar bog‘chalariga ham sport jihozlari olib berish rejasi ishlab chiqilgani ma'lum qilindi.

Ta'kidlanishicha, quriladigan sport inshootlari nomiga emas, sifatli va talabga javob beradigan bo‘ladi.