Markaziy bank tomonidan ötkazilgan sörovda iştirok etganlarning aksariyati sentabr oyining oxiriga qadar Özbekistonda dollar kursi 7600-7800 söm darajasida bölişiga işonmoqda. Bu Markaziy bankning «Özbekiston Respublikasi aholisi va korxonalarining inflyatsion kutilmalari» hisobotida aytiladi.

Yanvar-iyun oylarida ötkazilgan sörovda 750ta jismoniy va 300ta yuridik şaxs qatnaşdi.

Sörov natijalariga köra, «7600-7800 söm» variantini eng köp jismoniy şaxslar (30 foiz) va yuridik şaxslar (40 foiz) tanlagan. Biroz kamroq respondentlar «7800 - 8000 söm» variantini tanladi - mos ravişda ularning soni 29% va 38% böldi.

Dollar kursi 8000 sömdan ortiq bölişini jismoniy şaxslarning 15% va yuridik şaxslarning 10%i taxmin qilmoqda.

Törtinçi çorakning oxiriga kelib (dekabr oyi oxiri), dollar kursi böyiça kutilmalar bir-biriga öxşaş böldi - jismoniy şaxslarning 29 foizi va yuridik şaxslarning 32 foizi yil oxirida dollar 7,6 ming sömdan past bölişiga işonmoqda. Bu eng yuqori körsatkiçdir.

Söralganlarning biroz kamroği «7600 - 7800 söm» variantini tanladi - mos ravişda 23% va 31%.

Sentyabr oyidagidek bölgani kabi, yil oxiriga borib, dollar 8000 sömdan yuqori körsatkiçga ega bölişiga unçalik işonişmayapti - jismoniy şaxslarning atigi 19 foizi va yuridik şaxslarning 13 foizi şunday tanlovni amalga oşirgan.