Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov tadbirkorlarni tekşirişni kamaytirişga çaqirgan. U bu haqda Bişkek erkin iqtisodiy hududiga taşrif buyurganda aytib ötgan.
     
Ma'lum qilinişiça, Jeenbekov monolit bimetall radiatorlar işlab çiqaruvçi zavod qurilişi borişi bilan tanişgan. Zavod sentabrda işga tuşirilişi rejalaştirilgan.

“Agar biz davlatni rivojlantiriş, iş örinlari yaratiş, aholi daromadlari va soliq tuşumlarini köpaytirişni istasak, biznes va işlab çiqariş uçun şaroitlar yaratişimiz kerak. Bu bizning, jumladan mening burçim. Biz investitsiyalarni himoya qilişimiz va sarmoyaçilar uçun qulay şaroitlar yaratişimiz darkor. Biznes va işlab çiqarişni rivojlantirişda asosiy muammo – soliq va fiksal idoralar tomonidan ortiqça tekşiruvlar ötkazilişi hisoblanadi. Soliq idoralari tekşiruvlarni kamaytirişi lozim. Biznesga işlaş va rivojlanişga imkon bering. Endi öz işini va nimadir işlab çiqarişni boşlagan tadbirkorlarni tekşiruvlardan ozod eting”, deb tavsiya bergan Jeenbekov.