“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida köp qavatli uylar oldidagi panjaralar, tösiqlar va şunga öxşaş noqonuniy qurilmalarni olib taşlaş haqida petitsiya paydo böldi.
Köp qavatli uylardagi yaşaş uçun möljallanmagan joylardan foydalaniş qonun bilan tartibga solingan. Biroq, mazkur sohada qilinişi lozim bölgan işlar köp. Ayrim fuqarolar köp qavatli uylar oldida panjaralar, tösiqlar va şunga öxşaş noqonuniy qurilmalarni qurib oladilar, deyiladi matnda.
“Ma'lumki, köp qavatli uylar atrofidagi yerlar ham köp qavatli uyning qaysi qavatida yaşaşidan qatiy nazar, şu uyda yaşovçilarning umumiy foydalanişidagi yer maydoni hisoblanadi. Lekin, hozirgi kundagi holatga köra, köp qavatli uylarning 1-qavatida yaşovçi şaxslar tomonidan har xil yöllar bilan va har xil vositalar bilan uyga birikkan yerlar örab olinmoqda. Tabiiyki, bu holat boşqa yuqori qavatlarda yaşovçi, aslida 1-qavatda yaşovçi fuqaro bilan teng huquqqa ega bölgan aholiga noqulayliklar tuğdirmoqda. Masalan, avtomaşinasini qöyişga joy topa olmaydi. Vaholanki, birinçi qavatda yaşovçilar 10 ta avtomaşina siğişi mumkin bölgan joyni egallab olib, biri ekin maydoni sifatida foydalanmoqda, yana biri öz avtomaşinasiga moyka qilib olgan, yana biri yozgi oşxona qilib olgan, yana boşqa birov esa örab olgan, özi ham foydalanmaydi, boşqalar foydalanişiga ham bermaydi. Şu bilan birga, bu holat köp qavatli uylarda yaşovçilarning farzandlari ham uy atrofida öynaşi uçun tösqinlik qilmoqda.
Bu holatga qat'iy çek qöyiş uçun qonunlarga aniqlik kiritib, avvalo bunday qurilmalarni paydo bölişiga yöl qöymaslik, mavjud qurilmalarni esa zudlik bilan buzib taşlaş mexanizmini yaratiş, jarima miqdorlarini oşiriş, bu böyiça vakolatli va mas'ul şaxslarni aniq belgilaş, ularning mas'uliyatini yanada oşiriş çora-tadbirlarini köriş lozim”, - deyiladi murojaatda.












