Yaqinda Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek köçasi örtasiga panjara örnatilib, bir hafta ötib olib taşlandi. 7 yil avval voz keçilgan loyiha yana qaytarilgani muhokamalarga sabab bölgandi. 12 mart kuni Toşkent şahar hokimligi va Yöl harakatini taşkil etiş markazi ötkazgan matbuot anjumanida panjara örnatiş qaysi ilmiy asos bilan qaytarilayotgani, unga nega pul ajratilgani haqidagi savollarga izoh berildi.
YHTM bölim boşliği Ollayor Norbötayevning qayd etişiça, şahar içidagi yöllarda panjara örnatiş davlat standartlarida bor.
“Hozir mana, qöyilgan bölsa, eksperimental turibdi. Mana, markaz taşkil qilindi. Markaz oxirgi öşa qöyilgan köça, umuman barça köçalarda oxirgi 5–10 yil mobaynida sodir bölgan yöl-transport hodisalari, ya’ni yölovçilarga, piyodalarga qulaylik yaratiş böyiça har bir nuqtada örganiş işlari olib boryapti.
Har bir nuqtada, masalan, sizga aytişim mumkin, örganiş işlari amalga oşirilib, eksperimental xaritada turadi va bitta panjara emas, u yerda svetofor almaşadi, yöl belgilari qöyiladi, yangi piyodalar ötiş joylari taşkil etiladi, yangi trotuarlar taşkil qilinadi. Bu yöl harakatini taşkil etişning yuzdan bir bölagi”, – deydi u.
Poytaxt hokimi örinbosari Abdurahmon Baxtiyev har bir köçadagi vaziyatni örganiş hokimlikning Raqamli rivojlaniş departamenti tuzib çiqqan YTHlar xaritasi asosida ketayotganini ma’lum qildi. Jarayon hali oxiriga yetmagan.
“Har bittasini qarab çiqib yotibmiz. Ayrim hollarda rostdan ham yöllarda panjaralar örnatilişi notöğri bölişi mumkin. Hozir yakuniy xulosamiz yöq, lekin biz özimiz uçun prioritet belgilab oldik: qaysi holatlarda panjaralar qöyilişi kerak, qaysi holatlarda panjaralar qöyilişi kerak emas.
Şu xalqaro tajribani ham örgandik. Juda köp hollarda piyodalarga ustuvorlik beriş masalasi qöyilgan. Eng asosiy bitta kalit omilni aytaman: panjaralar taşabbusi nimadan kelib çiqqan? Yöllarda ölimlar soni köpaygani sababli “GAI” xodimlari tomonidan tavsiya qilingan, "panjara qöyaylik", degan. Lekin xalqaro tajribada piyodalar ölimlari bilan qanaqa kuraşişadi degan savollarga ham javoblarimiz bor, örgandik.







