«Milan» klubi «Real»dan hujumçi Karim Benzemani sotib oliş haqida öylamoqda. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio öz saytida ma'lum qilgan.
Manbaga köra, rossoneri rahbariyati allaqaçon öyinçining vakillari bilan uçraşişga ulgurgan bölsa, jamoa boş murabbiyi Jyennaro Gattuzo futbolçining özi bilan şaxsan suhbatlaşgan. Benzemaning özi, miş-mişlarga qaraganda, faoliyatini «Milan»da davom ettirişga qarşi emas.
30 yoşli futbolçining «Real» bilan şartnomasi 2021 yilga qadar amal qiladi. U Madridda yiliga 10 million AQŞ dollari atrofida maoş oladi. Manbada keltirilişiça, milanliklar fransuzga aynan şunça miqdordagi maoş közda tutilgan, 2022 yilgaça möljallangan şartnoma taklif etişga tayyor turişibdi.
Ötgan mavsumda Benzema klubining 47 öyinida maydonga tuşib, 12+11 mahsuldorlik körsatkiçini qayt etgan.
Eslatib ötamiz, keça Sport arbitraj sudi UYeFAning «Milan»ni yevrokuboklardan diskvalifikatsiya qiliş qarorini bekor qilgandi.
Futbolga oid şu va boşqa eng sönggi yangiliklarni hamkorimiz «Tribuna.uz» saytida kuzatib boring.












