...Kutilmaganda yöl-transport hodisasi röy berdi. Oğir jarohat olgan yölovçining hayoti xavf ostida qoldi. Uni zudlik bilan eng yaqin tibbiyot muassasasiga, deylik, köz kasalliklari şifoxonasiga yetkazişdi. Biroq u yerda bunday bemorlarga tibbiy yordam körsatilmasligini aytib, boşqa şifoxona manzilini berişdi...
Bemorni aytilgan şifoxonaga yetkazişguniça uning ahvoli oğirlaşib, joni uzildi...
Bunday hollarda kim aybdor böladi: kutilmaganda falokatga uçragan fuqaromi yoki egniga najot xalatini kiyib, insonlar salomatligini asraşni öziga burç deb bilgan bölsa-da, bemorga birinçi tibbiy yordamni körsatişdan böyin tovlagan şifokormi?
Parlament quyi palatasida Fuqarolarning soğliğini saqlaş masalalari qömitasi tomonidan barça partiya fraksiyalari a'zolari iştirokida ötkazilgan “Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga qöşimçalar kiritiş haqida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi muhokamasiga bağişlangan yiğilişda ayni masala xususida söz yuritildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “Şoşilinç tibbiy yordam tizimini jadal takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida mamlakatimizda şoşilinç va keçiktirib bölmaydigan tibbiy yordam mulkiy şakli va boşqaruvidan qat'i nazar barça tibbiyot muassasalarida aholiga bepul körsatilişi, hayot uçun xavf tuğdiruvçi holatlarda tibbiyot muassasalariga şoşilinç tibbiy yordam sörab murojaat qilgan şaxslarga malakali tibbiy yordam körsatişni rad etiş taqiqlanişi belgilangan edi.
Uşbu qaror talablaridan kelib çiqib, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga tegişli qonun loyihasi kiritildi.
Parlament quyi palatasi Fuqarolarning soğliğini saqlaş masalalari qömitasi yiğilişida uşbu qonun loyihasi barça partiya fraksiyalari a'zolari tomonidan qizğin muhokama etilib, keskin bahs-munozaralarga sabab böldi.
Qonun loyhasi bilan Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga qöşimçalar kiritiş orqali tibbiyot muassasalari rahbar va mas'ul xodimlarining mazkur muassasalar tomonidan şoşilinç va keçiktirib bölmaydigan tibbiy yordam körsatişni asossiz ravişda rad etilgani uçun ma'muriy javobgarlikka tortiş közda tutilgan.
Biroq, deputatlarning fikriça, har qanday huquqiy hujjat loyihasi qonunçilik talablari asosida pişiq-puxta işlanişi kerak. Holbuki, Hukumat kiritgan mazkur qonun loyihasida Prezident qarorida közda tutilgan vazifalar töla aks ettirilmagan. Jumladan,











