Vazirlar Mahkamasining 30.06.2018 yildagi 492-son qarori bilan Xorijiy avtotaşuvçilarning Özbekiston Respublikasi hududi böylab tranzit harakat qilişi uçun möljallangan yönalişlar röyxatiga tuzatişlar kiritildi.
Norma’ning yozişiça, natijada ilgari mavjud bölgan 8 ta yönalişga özgartirişlar kiritildi. Şuningdek röyxatga xuddi şunça yangi yönaliş kiritildi: Turkmaniston (№№ 45,46,47), Afğoniston (№№ 48,49), Tojikiston (№ 50) va Qirğiziston (№№ 51,52) çegaralari orqali. Şu tariqa, xorijiy taşuvçilar Özbekiston böylab tranzit harakat qilişi uçun endi 52 ta yönaliş oçiq.
Eslatib ötamiz, ilgari xorijiy taşuvçilar avtotransportining mamlakatimiz hududida harakatlaniş yönalişini özgartirişiga faqat DBQ boşqarmalarining ruxsatnomalariga binoan yöl qöyilar edi. Xalqaro avtomobil taşuvlari sohasidagi hukumatlararo bitimlar doirasida harakatlaniş yönalişlariga rioya etilişi lozim.
Yönalişga rioya etiş – mamlakat böylab tranzit harakat qilayotgan xorijiy avtotaşuvçilarga qöyiladigan yagona talab emas. Özbekistonga xorijiy davlatlardan avtotransport vositalarini olib kirganlik va u orqali tranzit qiliş uçun Respublika yöl jamğarmasiga yiğimlar, oğir yukli va katta hajmli transportning yurişi uçun esa tariflar böyiça tölov undiriladi.
Özbekiston böylab tranzit avtotaşuvlari uçun yangi yönalişlar oçildi
16:27 / 21.07.201815 8032 min

















