​«20 yil böladi, orzu qilganman. Şu yerda öqişni...20 yildan beri orzu qilaman», — deydi 4 yildan buyon Içki işlar Akademiyasida tahsil olişni istab, imtihonlardan ötolmagan abituriyent.

Şaxsi sir qolişi şarti bilan Kun.uz'ga intervyu bergan yigitning sözlariga köra, u yoşligidan içki işlar organlarida mehnat qilib, şu kasbda faoliyat yuritişni orzu qiladi.

«Şunçaki öqişning özi qiyin. Masalan, litseyga boriş jarayonida kiyim yöq, tufli yirtiqligi tufayli 2- kursda umuman [öqişga] bormaganman. U yoqda oddiy odamlar ham öqiydi, har kuni, kundalik kiyim kiyib boradi. Men esa bitta kiyimda borişga qisinib qolganman. Uyalib qolganman», — deya örta maxsus ta'lim paytidagi davrlarni esladi u.

Suhbatdoşning aytişiça, birinçi marta uning orzusidagi öqişga hujjatlarini topşiriş uçun oilasi ruxsat bermagan. Sababi - pul.

«Akademiyaga hujjat tayyorlaş juda qiyin, şifokor körigi, hammasi - qimmat. Bitta EKGdan ötiş 60 ming söm turadi. Lekin men bu yoqqa [Akademiyaga] nomzod bölib kelyapman. Hujjat qilamiz, hamma narsani tiqiş kerak. Şularning xarajatini öylab, topşirtirişmadi», — deydi u.

Uning öqişga bölgan qiziqişi söndi, ammo umidini söndirmay, armiyada xizmat qilişni öylay boşladi. Ammo, otasi vafot etgan, oilada onasining yolğiz boquvçisi bölgan suhbatdoşimizni armiyaga ham olişmadi.

«Armiyaga ketiş çoğimda,«qizil»da taşlab ketişdi. Qonun böyiça töğri kelmaysan, dedi, vassalom. Men esa umid bilan «Ketaman», deb quvonib turgandim. Şundan keyin, umuman hayotga qiziqişim qolmadi. Uyimdagilar«bali pastroq ekan» deya matematika-fizika fakultetiga hujjatlarimni topşirtirişdi. Lekin menda qiziqiş yöq. Qöldan kelgança örgandim, lekin tortmadi, öqimay qöydim, kirolmadim ham.

Keyingi yilga özimga maqsad qöydim: özi orzung nima edi? Eslab qol! Yiqilgandan keyin uyda bir oy yotdim, heç nima qilolmadim, bir oy uydan çiqmadim. Özimga özim savol beraverdim. Orzung nima?

Yaqinlarim meni yoqtirmay qolsa ham, Vatan mendan voz keçmagan-ku. «Böldi, sen yomon bolasan», deb taşlab qöymayapti. Men doim boşqalar bilan teng huquqli bölganman, huquqim teng. Şunda aytgandim: men öqişga kiraman. Vatan mendan voz keçmabdimi, men ham undan voz keçmayman, oldimdagi burçimni bajaraman.

Quruvçi bölsang, yo ustoz bölsang ham, töğri, Vatanga xizmat qilasan. Lekin, organ sohasida işlaş bu - oldingi qatorlarda turib, öz burçingni bajariş. Tayyorgarlik boşladim, endi», — deydi tölqinlanib u.