Avstraliyaning Adelaida universiteti olimlari smartfonlarni bir onda quvvatlaşning noyob texnologiyasini işlab çiqişdi. Bu haqda ABC News ma'lum qildi. 

Ta'kidlanişiça, yangi texnologiyadan hozirça faqat iPhone foydalanuvçilari foydalana olişlari mumkin. Yangi texnologiya iPhone batareyasining maxsus qurilmaga almaştirilişini nazarda tutadi. Uşbu qurilma energiyani oliş va taqsimlaş uçun javobgar maxsus datçiklarga ega.

Hozirda mutaxassislar qurilma foydalanuvçilar uçun qançalik xavfsiz ekanini aniqlaşga urinişmoqda. Keyinroq ular qurilmani boşqa smartfonlar bilan işlaşga sozlaydilar.