Bu yilgi test sinovlari oliy ta'lim muassasasi iştirokisiz ötkaziladi. Bu haqda Xalqaro press-klubda keça, 21 iyul kuni bölib ötgan «Qabul-2018: Şaffoflik, halollik, adolat mezonlari va innovatsion yondaşuvlar» mavzuidagi sessiyada Özbekiston oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov ma'lum qildi.
«Bu yilgi test sinovlari oliy ta'lim muassasasidan olib çiqib ketildi. Test sinovlari oliy ta'lim muassasasi içida bölmaydi. Oliy ta'lim muassasasi ma'muriyati va pedagoglar jamoasi test sinovlarida iştirok etmaydi. Katta pavilonlarda, katta yopiq maydonlarda test oliş şaroitlari yaratilgan», dedi vazir.
Eslatib ötamiz, oliy ta'lim muassasalariga kiriş uçun test sinovlari 1 avgustdan 15 avgustga qadar ötkaziladi.
















