AQŞ prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida 2016 yilgi prezident saylovlaridagi sobiq nomzod Hillari Klinton va Demokratik partiyani özining saylov kampaniyasiga nisbatan «noqonuniy josuslik» qilganlikda aybladi.

«Ğirromçi Hillari Klinton va Demokratik partiya siyosiy ustunlikka erişiş maqsadida Trampning saylovoldi kampaniyasiga nisbatan noqonuniy josuslik olib borgan», deya yozadi Tramp.

Şuningdek, u Klintondan uning rejasi iş bergan yoki bermaganini söraşga çaqirgan. Uning fikriça, Klinton mustaqil senator Berni Sanders bilan bundanda köproğini amalga oşirgan.

«Respublikaçilar birlaşişi kerak», deya xulosa qilgan Tramp öz raqiblarini firibgarlar deya atagan.