Odessa portiga NATOga a'zo davlatlar kemalarining guruhi yetib keldi. Bu haqda Ukraina harbiy-dengiz kuçlarining feysbukdagi sahifasida xabar qilinadi.

«Odessa portiga NATOning SNMG-2 Muntazam harbiy-dengiz guruhi va SNMCMG-2 Minalarga qarşi muntazam harbiy-dengiz guruhi kemalari taşrif bilan kirdi», - deyiladi xabarda.

Ukraina harbiy-dengiz kuçlari ma'lumotiga köra, portda Niderlandiya, Turkiya va Ruminiya harbiy-dengiz kuçlarining fregatlari bor. Bundan taşqari, guruh tarkibiga Turkiya va Ruminiyadan bitta minali tralçi (tral bilan jihozlangan harbiy kema), şuningdek, Germaniyadan ta'minot kemasi kiradi.