2018 yilning 23 iyul kuni Toşkent şahrida «Markaziy Osiyo - AQŞ» («S5+1») hamkorligi şaklining Xavfsizlik böyiça işçi guruhi navbatdagi majlisi bölib ötdi.
TIV axborot xizmati xabariga köra, tadbirda Markaziy Osiyoning barça mamlakatlari va Amerika Qöşma Ştatlari vakillari iştirok etdi.
Majlis çoğida mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik masalalari, jumladan ekstremizm, terrorizm xatarlari bilan kuraşiş, çegaralar xavfsizligini ta'minlaşdagi hamkorlikni mustahkamlaş yuzasidan fikr almaşildi.
Afğonistondagi vaziyatni hal qiliş sohasidagi hamkorlik holati va istiqbollari muhokama qilindi. Majlis iştirokçilari Markaziy Osiyodagi barqaror rivojlaniş qöşni Afğonistonda tinçlik va birdamlik ta'minlanişi bilan çambarças boğliq ekanligini qayd etdilar.
Markaziy Osiyo va AQŞ taşqi siyosat idoralari rahbarlarining 2015 yil noyabr oyida Samarqand şahrida asos solingan «S5+1» şakli siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya, energetik aloqalar hamda transçegaraviy xavf-xatarlarni oldini oliş va unga qarşi kuraşiş sohasidagi özaro manfaatli hamkorlikni yaxşilaş masalalariga qaratilgan maslahatlaşuv mexanizm hisoblanadi.












